Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Talabalar bitiruv malakaviy amaliyotni «O’zbekiston temir yo‘llari» AJning barcha mintaqaviy temir yo‘l uzellerida muvafaqqiyatli o’tamoqdalar

  • Home
  • Yangiliklar
  • Yangiliklar
  • Talabalar bitiruv malakaviy amaliyotni «O’zbekiston temir yo‘llari» AJning barcha mintaqaviy temir yo‘l uzellerida muvafaqqiyatli o’tamoqdalar

ETKM #amaliyot

Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi fakulteti «Avtomatika va telemexanika» kafedrasi bitiruvchi kurs talabalari bitiruv malakaviy amaliyotni «O’zbekiston temir yo‘llari» AJning barcha mintaqaviy temir yo‘l uzellerida muvafaqqiyatli o’tamoqdalar.
Talabalar amaliyot davrida Temir yo‘l avtomatika va telemexanika qurilmalariga texnik xizmat ko’rsatish, nosozliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish, avtomatika va telemexanika tizimlari uzluksiz ishlashini ta’minlash, tizimlar ishlarini tahlil qilish kabi masalalarni amaliyot rahbarlari boshchiligida o’rganish bilan birgalikda o’zlari xam shu jarayonlarda faol ishtirok etmoqdalar.
Bitiruvchi kurs talabalari o’quv jarayonining ishlab chiqarish bilan integratsiyalashayotganligidan mamnundirlar.
Amaliyot davri talabalarga ishga yo’llanma olishga va ish boshlaganda qiyinchiliklarni yengib o’tishga katta amaliy yordam bo’lishiga umid qilamiz.

«Elektr ta’minoti» kafedrasi bitiruvchi kurs talabalaridan bir guruhi bitiruv malakaviy amaliyotlarini «Qarshi» MTU ga qarashli «Qarshi elektr ta’minoti masofasi (ECH-5)»da o’tamoqdalar. Talabalar «Qarshi elektr ta’minoti masofasi»da o’zlariga biriktirilgan amaliyot rahbarlari boshchiligida elektr ta’minoti tizimida mavjud bo’lgan qurilmalarga xizmat ko’rsatish jarayonlari bilan yaqindan tanishishmoqda. Talabalar o’quv darslari davomida olgan nazariy bilimlarini ishlab chiqarishdagi amaliy jihatdan bajarilishini kuzatish yordamida mustahkamlashmoqda. Bunda talabalarimizga korxona rahbar va ishchi xodimlari yaqindan ko’maklashmoqda. Talabalarimiz kelajakda universitetni muvaffaqiyyatli tamomlab shu korxonaning rivojlanishiga o’z ijobiy hissalarini qo’shadi degan umiddamiz.

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.