Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Universitet vakillari Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi bo‘yicha Italiyaning Turin politexnika universitetida bo‘lib turibdi

  • Home
  • Yangiliklar
  • Yangiliklar
  • Universitet vakillari Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi bo‘yicha Italiyaning Turin politexnika universitetida bo‘lib turibdi

Ayni kunlarda professor-o‘qituvchi, ilmiy tadqiqotchi va magistrantlarimiz Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi bo‘yicha Italiyaning Turin politexnika universitetida bo‘lib turibdi.

Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi bo‘yicha “ELBA-Establishment of training and research centers and development on Intelligent BigData Analysis in CA” mavzusidagi granti bo‘yicha 28-martdan 8-aprelgacha navbatdagi seminarda ishtirok etish uchun Avtomobil transporti muhandisligi fakulteti “Avtomobilsozlik va ishlab chiqarish muhandisligi” kafedra katta о‘qituvchisi Azizbek Sarmonov, “Avtomobil va avtomobil xo‘jaligi” kafedra katta о‘qituvchisi Baxtiyor To‘raqulov, “Texnologik mashinalar muhandisligi” kafedrasi asistenti Sardor Mirholiqov, ilmiy tadqiqotchi Sharofiddin Pirnayev va kafedra magistranti Behruz Xalimovlar Italiyaning Turin politexnika universitetida bo‘lib turibdi.

Seminarning dastlabki kunlarida Turin politexnika universitetining “Mathematical Sciences” kafedrasi professori, loyiha menejeri Roberto Fontana tomonidan “Ko‘p faktorli ma’lumotlarni qayta ishlashda statistik usullardan foydalanish” fani bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda.

Erasmus+ loyihasi doirasida tashkil etilgan seminarda “Big Data analysis” dasturlarini o‘rganish uchun darslar tashkil etiladi. Tashrif davomida darslarda ishtirok etish va Turin politexnika universitetining laboratoriyalari bilan tanishish va hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish rejalashtirilgan.

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.