Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

15-aprel – Xalqaro ekologik bilimlar kuni

#ATMF

Bugun “Ma’naviyat kunlari” tadbirlari doirasida Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi hamkorligida uchrashuv tashkil etildi

“Transport energetik qurilmalari” kafedrasi tashabbusi bilan tashkil etilgan uchrashuv “15-aprel – Xalqaro ekologik bilimlar kuni”ga bag‘ishlandi.

Tadbir davomida Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i F.E. Dehqonov, Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni himoya qilish boshqarma inspeksiyasi bo‘lim boshlig‘i K.B. Bekturganov, Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni himoya qilish boshqarma inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari I.X. Muslimov so‘zga chiqib ekologik muammolar va ularning yechimlari haqida talabalarga batafsil ma’lumotlar berib o‘tdi.

Tadbirning ikkinchi qismida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob oldilar.

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.