Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

“Talabalik bahori” festivalini Iqtisodiyot fakulteti boshlab berdi

Kutilgan damlar, kutilgan lahzalar….

Demak, bugun uzoq yillik tarixga ega “Talabalik bahori-2022” an’anaviy festivaliga start berildi. Festivalni Iqtisodiyot fakulteti jamoasi boshlab berdi.

Festival ma’naviy-axloqiy tarbiya va ma’rifiy ishlarni takomillashtirish, iqtidorli va iste’dodli yoshlarni aniqlash, ularning intellektual va ijodiy potensialini qo‘llab-quvvatlash, universitet jamoasining xalqimiz milliy qadriyatlariga bo‘lgan hurmatini oshirish, milliy va umuminsoniy urf-odat, an’analarga nisbatan qiziqishlarini yanada o‘stirish, jamiyat hayotidagi ro‘y berayotgan ijtimoiy, siyosiy o‘zgarishlar mazmunini qamrab olishni maqsadida o‘tkazilmoqda.

Fakultetlar aprel-may oylarida haftaning har shanba kuni soat 11:00 va 14:00da faollar zalida o‘z chiqishlarini namoyish etadilar.

Demak, bugun Iqtisodiyot fakulteti “Salomlashish” shartida “Ivan Vasilevich o‘z kasbini o‘zgartiradi yoxud…” mavzusida, “Ommaviy raqs”da “Mustahzod”, “Folklor”da hinddcha to‘y marosimlari, konkursdan tashqari chiqishlarda esa “O‘zbekman” ashulasi, «O’zbegim» sahna ko’rinishi, poppuri: andijoncha, ispancha, turkcha, ruscha, videorolik hamda QVZ kabi chiqishlari bilan ishtirok etdi.

Bizni kuzatishda davom eting, batafsil ma’lumotlarni berib boramiz.
Onlayn https://t.me/tstu_online telegram kanalimizda kuzating.

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.