Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

«Toshkent-yuk» stansiyasida amaliy dars tashkil etildi

Transport tizimlari boshqaruvi fakulteti talabalari uchun “Toshkentmintaqaviy temir yo‘l uzeli”ga qarashli «Toshkent-yuk» stansiyda amaliy dars tashkil etildi.

Amaliy dars tyutor M.M. Po‘latov va “Transport harakatini tashkil etish” kafedrasi katta o‘qtuvchisi Sh.Sh. Qayumov boshchiligida TLT-4 guruh talabalari uchun Texnikaviy foydalanish qoidalari va poyezdlar harakati xavfsizligi asoslari fanidan amaliy ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash va egallangan bilimlarni bekat texnologik jarayonlarida qo‘llanilishi tartibini o‘rganish maqsadida tashkil etildi.

Unda talabalar stansiya, saralash tepaligi va park navbatchilari ishida harakat xavfsizligi asoslari, poyezdlarni qabul qilish, jо‘natish va o‘tkazib yuborish hamda marshrutlari tayyorlashda harakat tarkibining xavfsizligini ta’minlash maqsadida ko‘riladigan chora tadbirlari, harakat xavfsizligiga xavf tug‘ilganda uni bartaraf etishda stansiya ishchi-xodilmlarining xatti-harakatlari to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lishdi.

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.