Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

«Karyera kuni» munosabati bilan mehnat yarmarkasi boshlandi

Xabar berganimizdek, ayni vaqtlarda 80 dan ortiq korxona va tashkilotlar, tadbirkorlik subyektlari bo‘sh ish o‘rinlariga talabalarni ishga taklif etmoqda.

Oliy ta’lim muassasida tahsilni tugatgach, muvaffaqiyatli ishga joylashish har bir yosh yigit-qizning orzusi. Ammo, hamma ham o‘qishni tamomlab mutaxassisligi bo‘yicha yaxshi ish topa oladimi? Bugun dunyo aholisini tashvishga solayotgan muammolardan biri ham aynan ishsizlik hisoblanadi. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning 4-mart kuni oliy o‘quv yurtlari talabalari bandligini ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilib, turli vazifalar belgilab berilgan edi.

Ta’kidlash kerak, videoselektorda Prezident Shavkat Mirziyoyev bugungi kunda talabalar ishlashi mumkin bo‘lgan 105 mingta vakant ish o‘rni mavjudligi, shundan, ta’lim va xizmat ko‘rsatish sohalarida – 22 mingtadan, sanoatda – 17 ming, sog‘liqni saqlashda – 9 ming, qurilish va qishloq xo‘jaligida – 6 mingtadan, moliya sohasida – 3 ming, aloqa va IT sohasida – 2,5 ming ish o‘rni borligi haqidagi faktlarni keltirgan edi. Mutasaddilar ishlashga ehtiyoji bor talabalarga yordam berib, ularning bandligini ta’minlashi shart, – degan edi davlatimiz rahbari. Shuningdek, barcha davlat tashkilotlari va muassasalarida talabalar uchun ishlashga ruxsat berildi.

Shu munosabat bilan, bugun Toshkent davlat transport universitetida mehnat yarmarkasi tashkil etilmoqda.

Mehnat yarmarkasida boʻsh ish oʻrinlari mavjud 80 dan ortiq korxona va tashkilotlar, tadbirkorlik subyektlari bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etmoqda.

Yarmarkada bitiruvchi 2320 nafar bakalavr va 346 nafar magistrartura talabalari, shuningdek, boshqa ishlash istagidagi talabalar ham ishtirok etib, mavjud ish oʻrinlari bilan tanishmoqdalar. Natijada ish beruvchilarning bitiruvchilar bilan bevosita suhbati, qiziqishlari va mutaxassislik yoʻnalishlaridan kelib chiqib, talaba-yoshlar bilan ishga qabul qilish boʻyicha kelishuvlar amalga oshirilishi nazarda tutilgan.

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.