#ilm_innovatsiya
#iqtidorli_yoshlar
Universitet iqtidorli talabalari Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (United Nations Development Programme) navbatdagi forumida ishtirok etib kelishdi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (United Nations Development Programme) va Buyuk Britaniya tashqi ishlar va taraqqiyot departamenti (Foreign, Commonwealth & Development Office) tashabbusi bilan “Markaziy Osiyoda iqlim xavfsizligi boʻyicha siyosiy harakatlar – II bosqich” loyihasi doirasida talabalar uchun Toshkent shahri va Toshkent viloyati atrofiga qayta tiklanuvchi energiya texnologiyalari bilan tanishish maqsadida sayohatlar tashkil etildi.
Universitet talabalari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutasaddilar tomonidan yetarlicha javob oldilar.






