#shahidlar_xotirasi
#tashrif
📌 Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi fakulteti tyutori F.B. Jurayev va talaba-yoshlari ishtirokida «Shahidlar xotirasi» yodgorlik majmuasi va «Qatag‘on qurbonlari xotirasi» davlat muzeyiga tashrif buyurishdi.
🎗 Toshkent shahrining chekkasida boʻlgan, 40-yillarda xuddi shu joydagi 3 ta qatlgohda shoʻrolar tomonidan millatning ilgʻor vakillari, begunoh vatandoshlar qatl qilingan. Qatagʻon qurbonlari xotirasiga bagʻishlab sobiq qatlgoh oʻrnida «Shahidlar xotirasi» yodgorlik majmui bunyod etilgan.
⚡️ Tashrifda talabalar ana shular xususida ma’lumotlarga ega bo’ldilar hamda o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Diyora Axmedova






