📌 Bugun Avtomobil transporti muhandisligi fakultetida O‘zbekiston Ekologik partiyasi, O‘zbekiston ekologik harakati va “Megawatt Motors” hamkorligida “Ekomadaniyat — ta’lim tizimining katta bo‘g‘ini” mavzusida uchrashuv tashkil qilindi.
⚡ Uchrashuvda prorektor S.S. Shaumarov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati N.X. Aminov, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar Kengashi raisi S. Fayzieva hamda «Megawatt motors» MCHJ ta’sischisi U. Xojamberdiyevlar ishtirok etib, so‘zga chiqishdi.
🚗 Avtomobil transporti muhandisligi fakulteti “Transport energetik qurilmalari» kafedrasi tashabbusi bilan “Xalqaro ekologik ta’lim kuni”ga bag‘ishlab o‘tkazilgan uchrashuvda 2 ta elektromobil taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi.
Diyora Axmedova







