#universitet_va_maktab
#qoshma_fakultet
📌 Bugun Mirobod tumanidagi 154-maktabda Qo‘shma fakultet «Maqsadli kadrlar tayyorlash tizimi va uning tarbiyaviy asoslari» mavzusida targ‘ibot tadbirini o’tkazdi.
✅ Unda Mirobod tuman hokimi Sh. Po‘latov, maktab direktori N. Mirsoatova, Qo‘shma fakultet dekan o‘rinbosari L. Vildanova, Belorus milliy texnika universiteti “Biznes boshqaruv” kafedrasi mudiri Y. Bertosh, Belorus milliy texnika universiteti “Avtomobil yo‘llarini loyihalash» kafedrasi mudiri Y. Xodan va umumta’lim maktabi bitiruvchi sinf o‘quvchilari ishtirok etdi.
⚡️ Tadbirda universitet fakultetlari, ta’lim yo‘nalishlari va «2+2» ta’lim dasturi to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlar berildi. Talabalar o’zlarini qiziqtirgan barcha savollarga yetarlicha javob oldilar.






