#universitet_va_maktab
🏛 Bugun «Ma’naviyat kuni» doirasida Chinoz tumanidagi 33-maktab o’quvchilari universitetga sayohat uyushtirdilar.
📌 Ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog’lomlashtirish, tarixiy obidalarni tomosha qilish, ajdodlarimiz qoldirgan meroslaridan faxrlanish hissini tarbiyalash maqsadida «Men shu aziz Vatan farzandiman» shiori ostidagi sayohatni o’quvchilar universitet muzeyidan boshladilar. Shuningdek, ta’lim yo’nalishlari, faoliyat yuritayotgan fan va badiiy to’garaklar, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
🎤 O’quvchilar muzeyga kirib borishlari bilan yurtimizda temir yo’l transporti naqadar keng va ko’rkam ekanligiga ishonch hosil qilishdi. Transport sohasi keng ko’lamli va ishonchliligi aks ettirilgan manzaraning guvohi bo‘ldilar, — deydi maktab psixologi M.Maqsudova
Diyora Axmedova





