📌 Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi fakulteti 175-maktabda ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazdi.
⚡️ Yoshlarni ma’naviy yuksaltirish, iqtidorli yoshlarni kashf qilish, Vatanga, ona zaminga muhabbatini oshirish maqsadida tashkil etilgan tadbirda iqtidorli talaba-yoshlar Nasrullo Qobilning «To‘da» spektaklidan parcha, Yulduz Usmonovaning «Muhabbat» ashulasiga raqs ijro etishdi.
✅ Tadbirda namoyish etilgan kasbga yo‘naltirish maqsadida tayyorlangan videolavhadan maktab o’quvchilari kerakli xulosalar chiqardilar va chiqishlardan madaniy hordiq oldilar.





