📌 Qurilish muhandisligi fakultet talabalari «Shahidlar xotirasi» majmuiga tashrif buyurdilar.
⚡ Bu tashrifdan maqsad, talabalarga Sovet davrida turli xil nohaq ayblovlar sababli shahid oʻtib ketgan yurtdoshlarimizni xotirlash, ular haqida talabalarga tushuntirish berish va xotirasini yod etish boʻldi.
✨ Talabalar tashrif davomida u yerda joylashgan muzeyga kirishdi va shahid oʻtgan ajdodlarimizni oʻz yurti uchun qilgan ishlari haqida tyutor A.A. Sultonov tomonidan maʼlumotlar olishdi.
Diyora Axmedova






