📌 Aviatsiya transporti muhandisligi fakultetida «Rahbar va yoshlar» uchrashuvi o’tkazildi.
📑 Yoshlarni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, ma’naviy yetuk va jismonan sog’lom, intellektual rivojlangan, barkamol avlodni voyaga yetkazish — oliy maqsadlardan biridir.
⚡️ Xuddi shu maqsadda tashkil etilgan uchrashuvda fakultet dekani D.X.Rixsiyev hamda o’quv ishlari bo’yicha dekan o’rinbosari SH.R. Abduvaxitov o‘quv jarayonlari, kredit-modul tizimi hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar xususida 2-bosqich talabalariga tushuntirish berdi.
✅ Uchrashuv yakunida talab-yoshlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berib o‘tildi.





