📌 Toshkentda dzyudo bo’yicha xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida universitet sportchi talabalari ham ishtirok etib, chempion dzyudochilardan dzyudo sirlarini o’rganib qaytdilar.
Poytaxtimiz dzyudo bo‘yicha xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga mezbonlik qilmoqda.
⚡️ Unda mamlakatimiz dzyudochilaridan tashqari Fransiya, Polsha, BAA, Quvayt, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston davlatlaridan kelgan sportchilar ham ishtirok etmoqda. Xorijdan jami 180 nafar dzyudochilar Toshkentga yetib kelgan.
🤼♀️ Talaba-yoshlarning bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish, sportga qiziqtirish maqsadida Iqtisodiyot fakulteti tyutori E. Rustamov talabalar bilan tashrif buyurib, o‘quv-mashg‘ulotida faol ishtirok etib chempion dzyudochilardan tajriba almashdilar.







