#universitet_va_maktab
#xalqaro_bolim
📌 Xalqaro hamkorlik bo’limi xodimlari va Talabalar Kengashi volontyorlari Mirobod va Parkent tumanlaridagi maktablarda xalqaro ta’lim dasturlariga bag’ishlangan targ’ibot ishlarini olib bormoqda.
⚡️ Universitetga biriktirilgan 75 ta maktab va ixtisoslashgan maktablarda transport sohasiga oid xalqaro ta’lim yo’nalishlari haqida bitiruvchi o’quvchilar bilan uchrashuvlar tashkil etildi.
🔮 Uchrashuvlar davomida o’quvchilarni universitetning hamkorlik darajasi, imkoniyatlari, ta’lim sifati va dars jarayonlariga qiziqtirilib, Transport universiteti orqali karyera qurish taklif etildi.






