📌 Qurilish muhandisligi fakulteti tashabbusi bilan Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti professor-o‘qituvchilari o’rtasida o’zaro hamkorlik muzokaralari olib borildi.
🤝 Ikki oliy ta’lim muassasalari va “Geofundamentproyekt” MCHJ o‘rtasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida universitet ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori S.S. Shaumarov va professor A.Z. Xasanovlar o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Ilmiy-innovatsion tadqiqot yo‘nalishlarini uyg‘unlashtirish yuzasidan kelishib olindi.
⚡️ Uchrashuv davomida Xasanov Asqar Zabiyevich va “Geofundamentproyekt” MCHJ direktor o‘rinbosari, t.f.n., dosent Xasanov Zoxir Asqarovichlar tomonidan “Geotexnika hisoblarini yechish” masalalariga qaratilgan elektron dastur taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Taqdimotda ishtirok etgan professor-o‘qituvchilar, ilmiy izlanishdagi talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.





