#tashrif
#Aviatsiya
📌 Bugun muzeylarda «Ochiq eshiklar kuni» munosabati bilan Aviatsiya transporti muhandisligi fakulteti talaba-yoshlari “Temuriylar tarixi davlat muzeyi”ga tashrif buyurishdi.
⚡️ Talabalarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda Toshkent shahrida joylashgan tarixiy va ko‘ngilochar maskanlarga sayohatlarni tizimli tashkil etish maqsadida tashkil etilgan talabalar tashrifi «Temuriylar tarixi davlat muzeyi»da bo’lib o’tdi.
🎗Tashrif mobaynida talabalarga muzeyning tashkil etilishi, muzeydagi tarixiy ko’rgazmalar va Amir Temur siymosi haqida muzey xodimlari tomonidan ma’lumotlar berilib, savollariga javob berildi.






