Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Bitiruvchilar bilan «To’rt avlod uchrashuvi»

#uchrashuv
#AYM

📌 Bitiruvchi bosqich talabalari bilan «To’rt avlod uchrashuvi» bo’lib o’tdi.

⚡️ «Avtomobil yo‘llarini qurish va ekspluatatsiya qilish” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda kafedrada uzoq yillar davomida faoliyat yuritib, ayni kunda nafaqa yoshida bo’lgan faxriy ustoz A.I. Samadiy bilan Bitiruv Malakaviy Ishi himoya qiluvchi 4-bosqich bitiruvchi talabalar bilan «To‘rt avlod uchrashuvi» o‘tkazildi. Bunda kafedra professorlari o‘z hayot yo‘llari, ta’lim olgan oliygohlari, ustoz va yetishtirgan shogirdlari to‘g‘risida ma’lumotlar berdilar. Shogirdlarini bugungi kunda xalq xo‘jaligining turli sohalarida turli rahbar lavozimlarida ishlab kelayotganligi bilan faxrlanib, gapirib berdilar. Tadbir mehmoni faxriy ustoz A.I. Samadiy tomonidan yozilgan she’rlaridan yosh o‘qituvchi va talabalar o‘qib berishdi. Talabalar Pir-u davlat ustozlarning pand-u nasihatlarga to‘la she’rlarini eshitib, ma’naviy ozuqa olishdi. Talabalarga qunt bilan yaxshi bilim olishlari kerakli, bugungi kunda sohada intellektual salohiyatli, xalqaro talablarga javob beradigan mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojlari to‘g‘risida, kelajakda sohaning yetuk mutaxasisslari bo‘lib yetishishlariga motivatsiya berdilar.

✅ Talabalar ma’ruzalarni tinglagach o‘zlarini qiziqtirgan savollariga yetarlicha javoblar olishdi. Uchrashuvdan kutilgan natijalarga erishildi, kelajak egalari bo‘lgan yoshlarimiz tarbiyaviy, ma’naviy va ma’rifiy ozuqa olishdi.

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.