Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

TTJda bazm dasturxoni yozildi

#TTJ
#ETKM_Qurilish

📌 Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi hamda Qurilish muhandisligi fakultetlari hamkorlikda Talabalar turar joyida bazm dasturxoni tashkillashtirdilar.

⚡️ Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi hamda Qurilish muhandisligi fakulteti bilan hamkorlikda 8-TTJda talabalar uchun bazm dasturxoni tashkillashtirildi. Ehson qilish maqsadida tashkil etilgan dasturxonga osh tortilib, unda jami 300 nafarga yaqin talaba ishtirok etdi. Tadbirga Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor D.X. Baratov tashrif buyurib, talabalarning kelgusidagi o’qishlariga omad va zafarlar tiladi. Ishtirok etganlardan fakultet tyutorlari talabalar uchun endilikda doim barcha shart-sharoitlarni yaratib berish choralarini ko’rishlarini ta’kidladilar.

✅ Tashkil etilgan bazm dasturxonidan talabalar mamnun bo’ldilar va universitet rahbariyatiga o’z minnatdorchiliklarini izhor etdilar.

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.