Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Faxriy ustoz holidan xabar olindi

#keksalarga_ehtirom
#AYM

📌 «Istiqlolobod» mahallasida yashovchi Faxriy ustoz holidan xabar olindi.

⚡️ Keksalarga hurmat-ehtirom qadimiy qadriyatlarimiz sirasiga kirib, iymon-e’tiqodli, ixlosli va nuroniy keksalarning fazilatlaridan ibrat olish, ularning hayotiy tajribasini o‘rganishga millatimizning har bir vakili o‘zining burchi deb qaraydi va buni eng ulug‘ savobli ishlardan deb biladi.
Shu maqsadda, Avtomobil yo‘llari muhandisligi fakulteti professor-o‘qituvchi va talaba-yoshlari tomonidan o’tkazilgan «Keksalar hayoti yoshlarga ibrat» nomli ma’rifiy tadbirda «Istiqlolobod» mahallasida istiqomat qilayotgan faxriy avlod vakillari jumladan, ayni kunda 91 yoshni qarshilagan onaxon L.D. Shirokovskaya bilan bo‘lib o‘tgan do‘stona uchrashuv o‘qituvchi va talaba-yoshlar uchun chin ma’noda ibrat maktabi bo‘ldi. Faxriy ustoz o‘tgan umri davomida va hozirgacha yoshlarga matematika fanidan dars berish bilan birga kompyuter texnogiyalari va internetdan to‘g‘ri foydalanish borasida o‘zining pedagogik tajribasi haqida tanishtirdi.

✅ Uchrashuv so’nggida talaba-yoshlar ko’proq shunday tashriflarni amalga oshirishga kelishib oldilar.

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.