Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Xalqaro qizlar kuni

#qizlar_kuni
#ETKM

📌 «Xalqaro qizlar kuni»ga bag’ishlab «Yosh oilalar va qizlar» davra suhbatlari tashkil etildi.

⚡️ 11-oktabr — «Xalqaro qizlar kuni»ga bag’ishlab «Yosh oilalar va qizlar» davra suhbatlari tashkil etildi. Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi fakulteti Respublika forumiga o’z hissalarini qo’shgan holda 5-Talabalar turar joyida «Informatika va kompyuter grafikasi» kafedrasi, tarbiyachi-pedagog, Yoshlar Ittifoqi, tyutor va talaba-qizlar bilan «Kitobxon qiz» va «Kim nimaga qodir» mavzularida tadbir o’tkazildi.
«Informatika va kompyuter grafikasi» kafedrasi, Ma’naviyat-ma’rifat bo’limi, «Zaminobod» va «Birodorlik» mahallalari oila va xotin-qizlar bo’lim boshliqlari va fakultet xotin-qizlar kengashi raisi bilan birgalikda talaba-qizlar o’rtasida «Eng mohir pazanda qiz» aksiyasi o’tkazildi. Bunda «Eng mohir» nominatsiyasini AB-10 guruh talabasi J.J. Toxirova, «Eng epchil» nominatsiyasini AB-10 guruh talabasi K.Q. Urazbayeva, «Eng chaqqon» nominatsiyasini HHB-4 guruh talabasi M.D. Soyibovalar qo’lga kiritishdi va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.

✅ Umuman olganda «Xalqaro qizlar kuni» esda qolarli tarzda o’tkazilib, taassurotlarga boy bo’ldi. Barcha qizlar bayram munosabati bilan bir-birlarini tabriklashdi.

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.