Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Samarqandga sayohat

#ekskursiya
#Iqtisodiyot

📌 Iqtisodiyot fakulteti talabalari Samarqand shahriga ekskursiya qildilar.

⚡️ Iqtisodiyot fakulteti tyutori S. Ospanovning tashabbusi bilan RIQ-1 guruh talabalari bilan Samarqand shahriga sayohat uyushtirildi. Samarqand shahri qadimdan yer yuzining sayqali deya e’tirof etib kelingan. Bu qadimiy shahar haqida juda ko‘p tarixiy manbalarda ma’lumotlar keltirilgan. Samarqand qadimdan o‘zining betakror go‘zalligi, ajoyib ob-havosi, shirin suvi va mazali nonlari bilan dunyoga mashhur shahar bo‘lgan. Ayniqsa, sohibqiron Amir Temur davrida Samarqand gullab yashnagan, savdo-sotiq markaziga aylangan va eng yuksak kamolotga etgan. Dunyoning ko‘plab mamlakatlaridan savdogarlar va sayyohlar bu shaharni bir marotaba ko‘rishni orzu qilishgan. Hazrati Navoiy ham bu shaharda bo‘lib, uning betakror go‘zalligi haqida asarlarida yozgan. Ajoyib shoir va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur ham Samarqand shahrini beqiyos qadrlagan. Yevropa davlatlarining hukmdorlari bu shaharni ziyorat qilishni o‘zlari uchun sharaf deb bilganlar.
🔮 Sayohat davomida talabalar ko’hna Samarqandning qadimiy tarixi va mustaqillik yillarida barpo etilgan bunyodkorlik majmualari to‘g‘risida katta taassurotlarga ega bo‘ldilar. «Samarqand shahriga sayohatdan cheksiz taassurotlar bilan qaytdik. Necha yillardan beri Samarqandga borishni qalbimga niyat qilib olgandim» — deydi, tyutor S. Ospanov.
Talabalar sayohati Imom al-Buxoriy majmuasini ziyorati bilan boshlanib, Registon maydoni, Amir Temur, Shoxi zinda maqbaralari, Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi ziyorati bilan davom etar ekan, mazkur tarixiy obidalar, ulardagi naqshinkor bezaklar, ganchkorlik namunalari ota-bobolarimizning ilm-fan taraqqiyotidagi qudrati va donishmandligi, insoniyat taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shganligiga yana bir bor amin bo‘ldilar.
🎇 Shuningdek, Samarqandning noyob me’moriy obidalari hamda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan shaharda barpo etilgan madaniy-ma’rifiy inshootlar, sayilgohlar va shaharda qad ko‘tarayotgan binolarni tomosha qilar ekanmiz, ko‘hna va hamisha navqiron shahar deya ta’rif beriladigan Samarqandning o‘tmishi qanchalik buyukligidan, keyingi yillarda bu yerda amalga oshirilgan o‘zgarishlar, uning shuhratini yanada oshganligiga guvoh bo‘ldik. Asosiysi, tarixi boy, kelajagi buyuk O‘zbekistonimizning farzandi, yuksak aql-zakovati va bunyodkorlik salohiyati bilan dunyoga mashhur ajdodlarning vorisi ekanimizdan faxrlandik.

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.