Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Hamkorlikda ko’chma labaratoriya mashg’uloti o’tkazildi

#hamkorlik
#ATM

📌 Turin politexnika universiteti bilan hamkorlikda ko’chma labaratoriya mashg’uloti o’tkazildi.

⚡️ Joriy yilning 13-oktabr kuni Avtomobil transporti muhandisligi fakulteti “Avtomobilsozlik va ishlab chiqarish muhandisligi” kafedrasi dotsenti R.R. Xakimzyanov rahbarligida Turin politexnika universiteti bilan hamkorlikda ko‘chma laboratoriya mashg‘uloti o‘tkazildi. Fakultetning YHT-7 guruhi talabalari ishtirokida bo’lib o’tgan mashg’ulot Turin politexnika universitetining texnoparkida o’tkazildi.
Turin Politexnika Universiteti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 27-apreldagi PP 1106 — sonli qaroriga muvofiq, avtomobilsozlik, mashinasozlik, energetika sanoati, arxitektura sohasidagi tashkilot va korxonalarni yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlash maqsadida tashkil etilgan. Universitetda avtomobil dizayni, dvigateli, ehtiyot qismlari, butlovchi qismlari, asbob-uskunalari bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalarini qo‘llash, va arxitektura va sanoat dizayni, energiya tejovchi texnologiyalar, mahalliy xom ashyo asosida qurilish materiallarining yangi turlarini yaratish imkoniyatini beruvchi zamonaviy texnopark ham faoliyat ko‘rsatayapti. Dars mashg‘ulotida dotsent R.R. Xakimzyanov talabalarni texnopark imkoniyatlari bilan tanishtirdi va zamonaviy laboratoriya jihozlaridan foydalangan holda tushintirish olib bordi.

✅ Dars jarayonida talabalar chet elda ishlab chiqarilgan zamonaviy uskuna va jihozlar bo‘yicha amaliy ko‘nikmaga ega bo‘lishdi. Mashg‘ulot ishchi dastur asosida, tasdiqlangan mavzu bo‘yicha olib borilib, talabalarda katta taassurotlar qoldirdi.

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.