Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Xalqaro tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish kuni

#amaliy_mashgulot
#TTJ
📌 Mirobod tumani FVV xodimlari ishtirokida «Xalqaro tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish kuni»ga bag‘ishlangan ko‘rgazmali mashg’ulot o‘tkazildi.

⚡️Tadbirga tashrif buyurgan Mirobod tumani FVV xodimlari talabalarga dasturdagi o’quv-uslubiy va interaktiv qismlarni tanishtirishdan boshladi. Ochiq darsda talabalar tabiiy xavflarning (toshqinlar, yong’in holatlari, sel kelishi va boshqalar) salbiy ta’sirini yumshatish yo’llari bilan tanishtirildi, shundan so’ng viktorinada mavzu bo’yicha bilim va xabardorligi sinab ko’rildi. Talabalar turar joyi talabalari qanday qutqaruv ishlari amalga oshirilishi va birinchi yordam ko’rsatishi yuzasidan bilgan ma’lumotlarini aytib berishdi. Namoyish etilgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish yuzasidan amaliy mashg’ulotlar favqulodda vaziyat yuz berganda nima qilish kerakligini batafsil tushuntirib beradi. Bundan tashqari, FVV xodimlari favqulodda vaziyatlarda odamlar binodan qanday evakuatsiya qilinishini ko’rsatib berdilar. Tadbir davomida talabalar favqulodda vaziyatlarning oldini olish haqidagi videorolikni ham tomosha qilishdi.

✅ Ushbu tadbir orqali o’quvchilar favqulodda vaziyatlarda nima qilishni o’rgandilar va kerakli bilim va amaliy ko’nikmalarni shakllantirdilar.

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.