#oquv_trening
#Iqtisodiyot
📌 Adliya vazirligi xodimi ishtirokida ma’ruza mashg’uloti o’tkazildi.
⚡️ Joriy yilning 11-oktabr kuni Iqtisodiyot fakulteti «Xalqaro ommaviy huquq» kafedrasi o’qituvchisi M.M. Inagamova tashabbusi bilan Adliya vazirligi Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boshqarmasi boshlig’i D.U. Sufiyeva ishtirokida universitetning Yurisprudensiya (xalqaro transport huquqi) yo’nalishi talabalari bilan ma’ruza mashg’uloti o’tkazildi. Mashg’ulot davomida M.M. Inagamova hamda D.U. Sufiyevalar talabalarga Yurisprudensiya yo’nalishlari to’g’risida tushunchalar berdilar. Dars davomida talaba-yoshlar bilan birgalikda asosan adliya organlari tizimi, ularning ish faoliyatidagi asosiy maqsadi va vazifalari, Adliya vazirligi tarixi hamda hozirgi kundagi holati boʻyicha qiyosiy-huquqiy tahlili olib borildi.
✅ Dars davomida talabalar Adliya vazirligi faoliyati bilan yaqindan tanishib, o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.