#talabalikka_bagishlov
#AYM
📌 1-bosqich talabalariga Talabalik guvohnomalari topshirildi.
⚡️ Avtomobil yo’llari muhandisligi fakulteti birinchi bosqich yigit-qizlariga talabalik guvohnomalari topshirildi. Tadbirni fakultet dekani A. O’roqov ochib berib, bugungi kun bilan barcha ishtirokchilarni qutladi. «Talabalik — oltin davrim. Bu kunlarni hech qachon unutmasam kerak, — deydi fakultet talabasi Guljahon Rajabova. – O‘qishimiz boshlanganiga ko‘p vaqt bo‘lmasada, fakultetdagi ustozlarimdan, do‘stlarimdan ko‘p bilimlarni egalladim, dunyoqarashim yanada shakllanmoqda. O‘z oldimga ulkan rejalarni qo‘yganman. Faqat talabalik guvohnomasi bilan bilan emas, balki magistrlik va undan yuqori darajalardagi guvohnomalarni qo‘lga kiritmoqchiman.
✅ talabalar o’z oldilariga qo’ygan maqsadlariga yetishishi uchun tinmay bilim olishi va to’xtamasliklari uchun va’da berdilar. Ularga ulkan zafarlar tilab qolamiz!







