#faxriy_ustoz
#Iqtisodiyot
📌 Bir guruh faxriy ustozlar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
⚡️Ustoz o’giti, keksalar pand-nasihatlariga amal qilinsa, avlodlar aslo kam bo’lmaydi. Bu bilan ustoz va murabbiylar oldidagi ilk burch ado etilgan bo’ladi. Inson, avvalo, unga bilim va ma’rifat dunyosi sari yo’l ochib bergan, uning qalbiga yuksak insoniy fazilatlar hissini singdirish yo’lida zahmat chekkan ustoz va murabbiylariga nisbatan ko’nglida hamisha minnatdorlik tuyg’usi bilan yashaydi. Shu munosabat bilan, Iqtisodiyot fakulteti «Chet tillar» kafedrasi professor- o’qituvchilar faxriy ustozlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda faxriy ustozlardan N. Nishanova, D.A. Kadirova, K.I. Guseynova, M.K. Kanaatova, R.V. Radjabovalar ishtirok etishdi. Uchrashuv jarayonida ustozlarimiz universitet talabalari bilan maroqli suhbat olib borishdi.
✅ Uchrashuv ishtirokchilari faxriy ustozlar hayotidan kerakli xulosalar chiqarib, qiziqtorgan savollariga javob oldilar.








