Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Milliy tarixni milliy ruh bilan yaratish kerak

#uchrashuv
#Iqtisodiyot

📌 Professor-o’qituvchilar ishtirokida «Milliy tarixni milliy ruh bilan yaratish kerak» mavzusida suhbat bo’lib o’tdi.

⚡️ Iqtisodiyot fakulteti “Xalqaro ommaviy huquq” kafedrasi tomonidan tarix fanlari doktori, professor H. Sodiqov, professor-o’qituvchilar hamda 1-bosqich talabalari ishtirokida “Milliy tarixni miliy ruh bilan yaratish kerak” nomli mavzuda maʼnaviy-maʼrafiy tadbir tashkil etildi. Tadbirni kafedra mudiri, professor A.A. Dadasheva qisqacha kirish soʻzi bilan ochib berdi. Tadbirda 120 nafardan ziyod talabalar ishtirok etib, olimning tarix fani oldida turgan dolzarb masalalarga, Amir Temur davri, qatagʻon yillari va shuningdek, yoshlar tarbiyasi, taʼlim, tarix fanini oʻrganish va oliy taʼlim tizimida uning oʻqitilishi masalalariga doir fikr-mulohazalari bilan tanishdilar. Muloqot davomida olim tomonidan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyening 2021-yil 19-yanvarda maʼnaviyat, mafkura va tarix masalalariga bagʻishlab oʻtkazilgan vedeoselektorida aytilgan: ”Milliy tarixni milliy ruh bilan yaratish kerak. Aks holda uning tarbiyaviy taʼsiri boʻlmaydi. Biz yoshlarimizni tarixdan saboq olish, xulosa chiqarishga oʻrgatishimiz, ularni tarix ilmi, tarixiy tafakkur bilan qurollantirishimiz zarur”, – degan soʻzlari alohida taʼkidlab oʻtildi. Uchrashuv chogʻida olimning shaxsiy tajribalari, xotiralari, esdaliklari, davlat rahbarlari bilan boʻlgan uchrashuvlari haqidagi fikr-mulohazalari yigʻilganlarda katta qiziqish uygʻotdi.

✅ Talabalar olimga bir qator oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat etib, oʻzaro fikr almashdilar. Tadbir tashkilotchisi – “Xalqaro ommaviy huquq” kafedrasi dotsenti B.E. Yuldashev soʻz olib, professor H. Sodiqovga ilmiy-ijodiy ishlarida muvaffaqiyatlar tiladi va qatnashchilar nomidan minnatdorchilik bildirdi.

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.