Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Maktab bilan hamkorlikda

#universitet_va_maktab
#AvtTM

📌 «Transport energetik qurilmalari» kafedrasi professor-o’qituvchilari 213- umumta’lim maktabi bilan hamkorlikda ish olib bormoqda.

⚡️Bugungi kunda umumta’lim maktablarda o’quvchilarga berilayotgan ta’lim-tarbiya, pedagoglarga bo’lgan hurmat va e’tibor tobora yuksalib bormoqda. Ustoz va murabbiylarning jamiyatdagi o’rnini mustahkamlash, iste’dodli o’quvchilarni kashf etish, ularni o’zlari qiziqqan kasbga yo’naltirish ta’lim sohasining muhim vazifasiga aylandi.
Avtomobil transporti muhandisligi fakulteti «Transport energetik qurilmalari» kafedrasi professor-o’qituvchilari Toshkent shahar 213- umumta’lim maktabi bilan hamkorlikda ish olib bormoqda. Universitet ushbu maktablarda ta’lim-tarbiya jarayonini yanada takomillashtirish va sifatini oshirish, o’quvchi-yoshlarning o’z iste’dodini to’liq namoyon etishlariga har tomonlama ko’maklashmoqda. Ta’lim muassasalarida o’quvchi-yoshlarning kamol topishi hamda bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishlarida Prezidentimiz ilgari surgan beshta muhim tashabbus ulkan ahamiyat kasb etmoqda. Tadbirlarda universitetda faoliyat yuritayotgan professor-o’qituvchilar o’quvchilarga mahorat darslari o’tishdi, rasmlar tanlovi uyushtirildi. Mahorat darslarida faol ishtirok etgan professor B.I. Bazarov: — «Bugun mamlakatimizda ta’lim sohasida, xususan, maktablarimizni bugungi kun talablari asosida tashkil etishda tub o’zgarishlar amalga oshirilmoqda. Bu jarayonga oliy ta’lim muassasalarining ham jalb etilayotgani bejiz emas. Sababi, har ikki ta’lim muassasasi bir-biri bilan uzviy bog’liq: bir-birini to’ldiradi va rivojlantiradi. Ularni biridan ikkinchisini ayro tasavvur etib bo’lmaydi».

✅ Maktablar bilan hamkorlikni yanada samarali tashkil etish va ularning rivojlanishiga hissa qo’shish universitetimizning ustuvor vazifalaridan biri sifatida belgilandi. Oliy ta’lim muassasasi va maktablar o’rtasida yo’lga qo’yilgan bunday hamkorlik yaqin kelajakda o’z mevasini berishi shubhasiz.

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.