#sport_yangiliklari
#TYTM
📌 «Sog’lom turmush tarziga amal qilaylik» shiori ostida futbol musobaqasi tashkil etildi.
⚡️ Prezidentimizning 2020-yil 30-oktabrdagi “Sogʻlom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni bilan yurtimizda sogʻlom turmush tarzi boʻyicha boshlangan ishlar, ommaviy sportni targʻib etish chora-tadbirlari yangi bosqichda rivojlanmoqda. Toshkent davlat transport universitetida ham bu yo’nalish bo’yicha keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda.
⚽️ Jumladan, 22-oktabr kuni Temir yo’l transporti tyutorlari N. Rahmatullayeva, Sh. Tadjiyeva, tomonidan MST-2, MST-3 va TVE-2, TVE-4 talabalari o’rtasida futbol musobaqasi tashkillashtirildi.
✅ Bunday sport musobaqalarining muntazam ravishda tashkil etilishi, yoshlarning bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazishda yordam beradi.