Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Yoshlarga e’tibor – kelajakka e’tibor

#davra_suhbati
#Iqtisodiyot

📌 “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida “Yoshlarga e’tibor – kelajakka e’tibor” mavzusida davra suhbati tashkil etildi

⚡️Joriy yilning 24-oktabr kuni Iqtisodiyot fakulteti tashabbusi bilan Oliy majlis senati a’zolari ishtirokida O’ZLiDePning “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida “Yoshlarga e’tibor – kelajakka e’tibor” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari E.A> Zaxidov, G.B. Xudoyarova, O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi “Siyosiy ta’lim markazi” rahbari N.H. Alimov, O’zLiDeP Toshkent shahar Kengashi faollari, tuman deputatlari, universitet professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

📈 «Mazkur loyihadan ko‘zlangan maqsad – partiya ish faoliyatida kadrlar zaxirasini shakllantirish va ularning malakasini oshirish, partiyaning rivoji uchun munosib faollarni tanlab olish», – deydi O‘zLiDeP Toshkent shahar Kengashi yoshlar bilan ishlash bo‘limi mudiri M. Farmonova. – Shu bois, loyiha doirasida kadrlarning bilimi, saviyasi, tajribasi, jamoatchilik o‘rtasidagi obro‘si xususida keng va batafsil o‘rganishga harakat qildik. Chunki, partiyalar safini bilimli, tashkilotchi va vatanparvar yosh kadrlar bilan to‘ldirish ustuvor vazifamiz. » Yoshlar bizning kelajagimiz» deb bejiz aytilmagan. Yoshlarga e’tibor- kelajakka e’tibordir. Hozirgi kunda Yangi O‘zbekistonni barpo etmoqchi ekanmiz, yoshlarni har tamonlama qo‘llab-quvvatlash, barkamol etib yetishishlari uchun harakat qilinyapti. Yoshlarni siyosiy, huquqiy, ma’naviy iqtisodiy bilimlarini oshirish maqsadga muvofiqdir.

✅ Tadbir davomida siyosiy jarayonlarga qiziqishi baland bo‘lgan 10 nafar yoshlar istiqbolli kadrlar zaxirasiga olindi.

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.