Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Uch avlod uchrashuvi

#uchrashuv
#AvtTM

📌 «Avtomobilchilar» kuni munosabati bilan «Uch avlod uchrashuvi» o‘tkazildi.

⚡️Joriy yilning 29-oktabr kuni Avtomobil transporti muhandisligi fakultetini bundan 50 yil oldin tamomlagan bitiruvchimiz, ularning ustozlari va bo’lajak bitiruvchilar hozirgi kun talabalari vakillarining uchrashuvi bo’lib o’tdi. Tadbirga tashrif buyurganlar: fakulteti dekani K. Ziyayev, Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari O. Ashurov, fakultet professor-o’qituvchilari, fakultet tyutorlari, «Transport energetik qurilmalari» kafedrasi mudiri R.N. Axmatjanov, kafedra a’zolari va talabalar. Uchrashuvni K. Ziyayev ochib berdi va ularning ko’p yillik samarali faoliyati uchun universitet rektori tomonidan bildirilgan tashakkurnomalarni topshirdi. Bitiruvchilar nomidan so’zga chiqqan kafedra dotsenti A. Sobirjonov hamda O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi ko’p yillar davlat boshqaruvi organlarida el-yurt xizmatini qilgan M. Narziqulovlar talabalik yillari haqida, o’qish va o’qitish jarayonlari haqida, ustozlar haqida, kursdoshlari haqida ajoyib xotiralarini yodga olib, uchrashuv qatnashchilarini o’sha davrga biroz bo’lsada qaytardi. O’qishga bo’lgan ma’suliyatni eslatdi, ustozlari va do’stlarining yutuqlari haqida gapirib berdi.

📑 Ustozlardan akademik S. Qodirov, professor Y. Shodimetov, T. Bekturgenovlar 1972-yil bitiruvchilari misolida avtotransport yo’nalishi bitiruvchilari erishgan yutuqlari haqida gapirar ekan, bugungi talabalar ham o’z sohasiga, egallagan lavozimiga doimo sodiq bo’lishlarini, el-yurtga beminnat transport xizmatini tashkil etishda jonbozlik ko’rsatib, universitet an’analarini so’zsiz davom ettirishga chaqirdi. Bu sohada o’qishni bitirib, O’zbekiston transport va yo’l harakati kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirishga beqiyos xizmatlar ko’rsatgan va hali ham o’z maslahatlari bilan Ommaviy axborot vositalarida chiqishlar qilayotgan ustozlar akademik O.U. Salimov, soha bo’yicha oliygoh tashkil etib, uni 13 yil boshqargan ustoz A.A. Mutalibov, mustaqil mamlakat avtotransport tizimini shakllantirish davriga rahbarlik qilgan professor L.A. Ahmedovlar tomonidan amalga oshirilgan ishlar haqida suhbatlar qilinib, ularni yoshlarimizga o’rnak sifatida ko’rsatildi.

✅ Nuroniy bitiruvchilarimizdan H. Mahmudov, K. Eshqobilov, R. Tulamov, talaba A. Qo’ldoshev va boshqalar ham avtotransport xodimlari kuni bilan tabriklab, ushbu tadbirni tashkil etishga yaqindan yordam bergan va barcha-barcha ishtirokchilarga o’z minnatdorchiliklarini bildirdilar.

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.