Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Muzeyga sayohat

#tashrif
#TYTM

📌 Talabalar Toshkent politexnika muzeyiga sayohat uyushtirdilar.

⚡️Bugungi kunda fan-texnika taraqqiyoti yangidan-yangi marralarni zabt etmoqda. Ta’bir joiz bo‘lsa, har kuni insoniyatga yanada qulay sharoit va imkoniyat yaratilmoqda. Biroq uning ibtidosi haqida hamma ham to‘liq tasavvurga ega emas. Avtomobilsozlik sanoati bugunga qadar qanday yo‘llarni bosib o‘tgan? Bir necha asr muqaddam yaratilgan ilk mashinalar, traktorlarning ko‘rinishi qanday bo‘lgan? Ular qanday harakatlangan? Bu kabi savollarga javob topish maqsadida Temir yo’l trasporti muhandisligi fakulteti tyutori M.M. G’afurova boshchiligida TVL-16 guruh talabalari 11-noyabr kuni Toshkent politexnika muzeyiga sayohat uyushtirdilar.

✅ Tashrif davomida transport rivojlanishi tarixi, fan va texnika, buyuk olimlar ixtirolari, “Jahon avtomobilsozlik tarixi,” “O‘zbekiston avtomobil sohasi tarixi” haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.