Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Deputat va yoshlar uchrashuvi

#uchrashuv

📌 Talaba-yoshlar bilan «Deputat va yoshlar» uchrashuvi bo’lib o’tdi.

⚡️Qonun ustuvorligini taʼminlash har qanday jamiyat taraqqiyotida eng muhim omillardan biridir. Har bir davlat oʻzining istiqlol va taraqqiyot yoʻlini belgilab olarkan, aholining farovon hayot kechirishini taʼminlashga yoʻnaltirilgan muhim maqsadlari hamda vazifalarini Konstitutsiyasida qatʼiy mustahkamlab oladi. Yoshlarni har tomonlama huquqiy bilimini oshirish, ta’lim, sport va madaniyat sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan talaba-yoshlarni tanishtirish hamda talaba-yoshlar o‘zlarini qonunchilikdagi islohatlar yuzasidagi savollariga javob topishi maqsadida Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi E.A. Zaxidov, Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi deputatlari F.Q. Bo‘taeva hamda M.Sh. Valiyevlar ishtirokida “Deputat va yoshlar” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi.

✅ Muloqot davomida talabalar tomonidan kontitutsiyaga kiritilishi kutilayotgan qo’shimcha va o‘zgarishlar haqidagi savollar bilan murojaat etib, qoniqarli javoblar olishdi.
Shuningdek, deputatlar tomonidan viktorina o‘tkazilib g‘oliblarga esdalik sovg‘alari ulashildi.

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.