Iqtisodiyot fakulteti Xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan globallashuv sharoitida o’zini-o’zi anglash: muammolar va istiqbollar. Gender o’lchovidagi madaniyat: ijtimoiy kontekstga bag’ishlangan kognitiv seminar-introspeksiya o’tkazildi.
E’lon berganimizdek, seminar-treningga teleboshlovchi va ishbilarmon ayol – Ra’no Ortiqova hamda o’qituvchi, logistika bo’yicha xalqaro mutaxassis, shaxsiy o’sish bo’yicha trener maslahatchi, ishbilarmon ayol – Ilga Radjabova taklif qilindi.
Tadbir mashg’ulot shaklida bo’lib o’tdi. Taklif etilgan mehmonlar O’zbekistonda ayollarning gender tengligi mavzusini ochib berishdi. Yangi O’zbekiston davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri – gender tengligiga erishish, ayollarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ularning jamoatchilikdagi rolini kuchaytirish va Yangi O’zbekistonda mamlakatning ijtimoiy, siyosiy va ishbilarmonlik hayotida ayollarning rolini tubdan oshirish haqida gapirishdi.
Oʻzbekiston gender tengligi koʻrsatkichi roʻyxatida 2019-yildan boshlab qatnashishni boshladi, — deydi Iqtisodiyot fakulteti Xotin-qizlar maslahat kengashi Shahlo Xaratova .— 2019-yil holati boʻyicha Oʻzbekistonning gender tengligi koʻrsatkichi roʻyxatdagi 189 mamlakat ichida 62-oʻrinni egalladi. Bu borada universitetimiz hayotida ham xotin-qizlarning rolini mustahkamlash maqsadida tadbirlarni doimiy tashkil etib kelmoqdamiz.