Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Manaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uzManaviyat.tstu.uz
(Dush - Shanba)
manaviyat.tashiit@gmail.com
Temiryo'lchilar ko’chasi 1.

Giyohvandlik – umr zavoli

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi manfaatdor idoralar bilan hamkorlikda Toshkent davlat transport universitetida yoshlar o‘rtasida giyohvandlik moddalar va kuchli ta’sir qiluvchi preparatlarning suiste’moli hamda noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq holatlarning oldini olish, shuningdek, OITSga qarshi kurashga qaratilgan profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Tadbirga Mirobod tumani bo‘yicha IIO FMB XPB o‘ta muhim ishlar bo‘yicha katta inspektor, kapitan S. Zayniddinov, O‘zbekiston Respublikasi IIV Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi katta yuristkonsult, kapitan -U.E. To‘ychiev, RINIATM Toshkent shahar filiali shifokor narkologi N.B.Bobojonova, Toshkent shahar IIBB JQB katta tezkor vakili, podpolkovnik -B.S. Abdullaev taklif etildi.

Tadbirni Yоshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i S.S. Xamidov ochib berdi va maqsad talaba-yoshlar orasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy markazining 2019-yil 2-sentabrdagi jadvali asosida ekanligini gapirib o‘tdi.

So‘zga chiqqanlar giyohvandlik, unga qarshi kurash, giyohvandlikning halokat to‘riga ilinayotganlar, giyohvandlikning kishilar sog‘ligiga, oilalarga, iqtisodga, odob-axloqqa, inson hayotining barcha sohalariga solayotgan tahdidi, transport sohasida mazkur yo‘nalishda sodir etilayotgan jinoyatlar, psixotrop moddalar, O‘zbekistonda narkotik moddalarga qarshi olib borilayotgan ishlar, nafaqat O‘zbekistonda balki Markaziy Osiyoning boshqa davlatlarida ham giyohvandlar tomonidan jinoyat sodir etilayotgan jinoyatlar, bu boradagi normativ-huquqiy hujjatlar, xususan, “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida”gi hamda BMT konvensiyalarini ratifikatsiya qilish haqidagi qonunlar, Narkotik moddalarni nazorat qilish davlat komissiyasi xususida gapirdilar.

Tadbir so‘ngida barcha fakultet va akademik guruhlarda doimiy ravishda ishchi xodimlar va talaba-yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik, giyohvandlik va narkojinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan davra suhbatlari o‘tkazi boorish, jinoyatchilik, giyohvandlik va narkojinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan ma’lumotlar “Murabbiylik” va “Axborot soatlari”da muntazam tarzda talabalarga yetkazib boorish, talabalarga jinoyat uchun jazo muqarrar ekanligi hamda ularni huquqiy madaniyati muntazam oshirib borish kabi vazifalar belgilab olindi.

Leave A Comment

At vero eos et accusamus et iusto odio digni goikussimos ducimus qui to bonfo blanditiis praese. Ntium voluum deleniti atque.