#ilm_innovaatsiya
#iqtidorli_talabalar
📌 Toshkent davlat transport universiteti magistranti “Yangi Oʼzbekiston ilm qaldirgʼochlari — 2022” I – Respublika koʼrik tanlovi g’olibi bo’ldi.
⚡Jizzax politexnika institutida 2022-yilning 14-may kuni arxitektura va qurilish sohasi uchun kadrlar tayyorlovchi Oliy taʼlim tashkilotlari magistrlari talabalari oʼrtasida “Yangi Oʼzbekiston ilm qaldirgʼochlari — 2022” I – Respublika koʼrik-tanlovi bo’lib o’tdi.
✅ Unda «Bino va inshootlar qurilishi» mutaxassisligi bo’yicha magistratura talabasi K. Аxmedova ham ishtirok etdi va «Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini yaratish, ishlab chiqarish, konstruksiyalash va texnologiyasi ” nominatsiyasi bo’yicha faxrli I — o’rinni egalladi, «Eng yaxshi magistrlik dissertasiyasi» I-darajali diplomi bilan taqdirlandi.
🔥 Talaba K. Аxmedovaga kelgusi ishlarida ham omad va muvaffaqqiyatlar tilab qolamiz!
Diyora Axmedova





