📌 Universitetda “Barqaror transport tizimlari – barqaror iqtisodiyot uchun” mavzusida xalqaro ilmiy-texnikaviy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
⚡️ Konferensiya ochilish marosimi anjumanlar saroyida bo‘lib, tadbirni universitet Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor S.S. Shaumarov ochib berdi. Marosimda chet el ishtirokchilaridan Belarus davlat transport universiteti rektori Y.I. Kulajenko, Abilkas Saginov nomidagi Qarag‘anda texnika universiteti “Sanoat transporti” kafedrasi mudiri B.Sh. Askarovlar bugungi kundagi transport sohasidagi dolzarb mavzular bo‘yicha ma’ruza qilishdi.
📑 Konferensiya maqsadi erishilgan natijalar bo‘yicha tajriba almashish hamda iqtisodiyotning turli sohalarida transport logistikasi jarayonlarini takomillashtirish asosida resurslar oqimini optimallashtirish bilan bog‘liq kompleks ilmiy-amaliy yechimlarni ishlab chiqishdan iborat bo’ldi.







